Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada 50 marta kimyoviy hujum ro‘y bergan - AQSh
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarda hisoblarga ko‘ra Suriya hukumati fuqarolik urushi yillari davomida kamida 50 marta kimyoviy hujum qo‘llagan.
«AQSh ma'lumotlariga ko‘ra Bashar Asad Suriya urushi davrida kamida 50 marta kimyoviy qurol qo‘llagan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra esa bu miqdor — 200 martagacha yetadi», — deya aytib o‘tdi Xeyli BMT Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi vaqtida.
Suriya hukumati bu boradagi barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Bundan avvalroq Oq uy mamlakat prezidenti Donald Tramp Suriya bo‘yicha qaror qabul qilish uchun mavjud ma'lumotlarni o‘rganib chiqayotgani haqida xabar bergandi. Shuningdek, AQSh Senatining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Bob Korker Tramp Suriyadan amerikalik harbiylarni chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilib xatoga yo‘l qo‘yganini anglagani haqida aytdi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025