Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati adliya boshqarmasi yangi tashabbusni ilgari surdi
Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida qator tashabbuslarni, tadbirlarni amalga oshirayotgan adliya organlari tomonidan yana bir muhim tashabbus ilgari surildi. Bu safargi tashabbus faqat boshqacharoq - o‘zligimizni eslatish, insoniyligimizni yuksaltirish haqida bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Andijon viloyati adliya boshqarmasining 15 aprel kuni Andijon viloyatining 20850,1 ga yer maydonidagi 898 ta (shundan 13 tasi noislomiy) qabristonlarni obodonlashtirish uchun hashar o‘tkazish haqidagi tashabbusi viloyat hokimligi tomonidan ma'qullandi.
Hozirda hasharga aholini uyushqoqlik bilan chiqarish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Nuroniy jamg‘armasi va Yoshlar ittifoqining hududiy bo‘linmalari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari jalb qilinmoqda.
Mavzuga oid
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi
17:09 / 25.01.2025