Jahon | 17:36 / 16.04.2018
14461
1 daqiqa o‘qiladi

Makron xalqaro koalitsiya qachon Suriyani tark etishini aytdi

Foto: RIA «Novosti»

IShIDga qarshi urush tugagandagina xalqaro koalitsiyaning Suriyadagi harbiy majburiyatlari yakunlanadi. Biroq bundan tashqari, Suriyada tinchlikni qayta tiklash uchun javobgarlik ham bor, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron dushanba kuni.

"Harbiy majburiyatlar IShIDga qarshi yo‘naltirilgan. Ular IShIDga qarshi urush tugagan kuni tugaydi. Fransiya AQSh kabi pozitsiyada. Biroq ular operatsiyani o‘tkazishga doir qarorni biz bilan birga qabul qilishgan ekan, bizning majburiyatlarimiz IShIDga qarshi urushdan keyin ham davom etishini yaxshi tushunishadi. Bu shuningdek mazkur hududdagi gumanitar mas'uliyat hamda tinchlikni qayta tiklash uchun javobgarlik hamdir", - dedi Makron Yangi Zelandiya bosh vaziri bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra. 

 

Mavzuga oid