Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram o‘rniga «TamTam». Foydalanuvchilar yangi messenjerga ko‘cha boshladi
Mail.ru Group holdingi 2017 yil mayida «Odnoklassnik» foydalanuvchilari uchun «OK soobshcheniya» asosida «TamTam» messenjerini ishga tushirgandi. «OK soobshcheniya» ishlatadiganlar yangilash tugmasini bosish orqali «TamTam» messenjerini o‘rnatishi mumkin qilib qo‘yildi.
Rossiyada Telegram bloklanishi ortidan internet nashrlar «TamTam» messenjeridagi sahifalarni rivojlantirishmoqda va o‘quvchilarini ushbu messenjerga jalb etishmoqda. Sud Telegram’ni bloklash haqida hukm chiqarishidan 2 kun o‘tib «TamTam» messenjeri foydalanuvchilari soni 10 baravar oshib, 40 mingdan ortiq kanal ochilgan.
Ushbu messenjerda «Odnoklassniki» bilan integratsiya saqlab qolingan, ammo yangi foydalanuvchilar bu saytda akkaunti bo‘lmagan holda, telefon raqami bilan yoki Google akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Hozirda «TamTam»da chat-guruhlar ochish, suratlar, ovozli xabarlar jo‘natish, kanallar ochish, shuningdek, GIF-animatsiyalar, musiqa, video va stikerlar almashish, videoxabarlar, ovozli qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlar jo‘natish mumkin.
«Kun.uz» ushbu messenjerdan foydalanishni ma'qul ko‘radigan o‘quvchilari uchun yangi kanal ochdi. Endilikda sayt xabarlarini ushbu kanal orqali ham kuzatib borish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Moskva sudi «Roskomnadzor»ga Telegram’ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi. Messenjer foydalanuvchilarning xabarlarini ochish kalitlari taqdim etilmaguncha bloklanadi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025