Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Majburiy mehnatga qarshi kurashda davlat va internet nashrlar hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilning 17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish va boshqa majburiy ishlarga jalb etishning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlarga zid ravishda ijtimoiy soha vakillari, xususan o‘qituvchi va shifokorlarni turli yumushlarga majburlayotgan mutasaddilar qattiq ogohlantirildi.
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda hudud miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqishda xodimlar mehnat huquqlari buzilishi holatining oldini olish va fuqarolarni jamoat ishlariga qonuniy jalb etilishiga endilikda alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etishi belgilanmoqda. Ayniqsa, byudjyet tashkiloti xodimlari qishloq xo‘jaligi, kommunal xo‘jalik, qurilish va obodonlashtirish, ikkilamchi xom-ashyo yig‘ish ishlariga majburan jalb etilmasligi alohida nazoratga olinadi.
Hukumat tomonidan barcha mutasaddilarga aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo‘yicha zudlik bilan huquq-tartibot organlariga ma'lumot yetkazilishini ta'minlash vazifasi qo‘yilmoqda. Majburiy mehnatni bartaraf etishga qaratilgan sa'y-harakatlar doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ommaviy axborot vositasida majburiy mehnat mavzusida yoritilayotgan materiallar tizimli ravishda o‘rganib borilishi qat'iy belgilandi va internet nashrlar bilan hamkorlik kuchaytiriladi.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi
20:32 / 12.05.2025