Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident matbuot kotibi ko‘zbo‘yamachilik mavzusida brifing o‘tkazadi
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov prezidentning Sirdaryo viloyati faollari yig‘ilishida ijtimoiy soha xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani, ayrim joylarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilayotgani bo‘yicha bildirgan tanqidiy fikrlaridan so‘ng ko‘rilayotgan choralar haqida brifing o‘tkazadi. Uni «O‘zbekiston 24» telekanali va prezident matbuot xizmatining Facebook'dagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati tashrifi vaqtida viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘zining hududlarga tashrifi arafasida uyushtiriladigan ko‘zbo‘yamachiliklar haqida keskin fikrlar bildirgandi. Samarqandga tashrifi arafasida ko‘cha tozalashga olib chiqilgan o‘qituvchining o‘limi holatlariga ham to‘xtalib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Komil Allamjonov Prezidentning Jizzaxga safari vaqtida ko‘zbo‘yamachiliklar yuz bergani haqida «Ozodlik»da e'lon qilingan materialga rasman raddiya bergandi.
Mavzuga oid
15:04 / 21.02.2025
Komil Allamjonovning yordamchilari Oliy sudda oqlandi
14:36 / 12.02.2025
«5 oy ichida o‘zimdan o‘tgani o‘zimga, eng yaqinlarimga ayon» - Komil Allamjonov
14:16 / 12.02.2025
Prezident davlat xavfsizlik xizmati sobiq mulozimi Shuhrat Rasulov 23 yilga qamaldi
13:34 / 12.02.2025