Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KQTT Skripalni zaharlashda qo‘llangan modda qaysi davlatda ishlab chiqarilganini aniqlay olmadi
Buyuk Britaniyaning Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotdagi vakili Peter Uilsonning ma'lum qilishicha, tashkilot mutaxassislari Britaniyaning Solsberisida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda qo‘llangan modda qaysi davlatda ishlab chiqarilganini aniqlay olmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.
«Albatta, ishlatilgan asab-falajlovchi moddani aniqlash – bu bizning surishtiruvdagi texnik isbotlarning ajralmas qismi, na DSTL (Britaniya hukumatining Porton-Daundagi mudofaa va texnologiyalar ilmiy laboratoriyasi), na KQTT hisoboti ushbu hujumda qo‘llanilgan modda qaysi mamlakat yoki laboratoriyada ishlab chiqarilganini aniqlashtirmaydi», - deya aytib o‘tgan Uilson.
U bu haqda tashkilotning Haagadagi qarorgohida chiqish qilib aytib o‘tdi.
«Bizning fikrcha, faqatgina Rossiyada texnik imkoniyatlar, foydalanish tajribasi va Skripallarni nishon sifatida tanlashga sabab bor bo‘lgan», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada TIV rahbari Xristya Frilend Rossiya tomoni bilan muloqot zarurligi, biroq Moskva GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bo‘yicha ishda «qizil chiziqdan» o‘tgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:33 / 22.09.2021
Skripallarning zaharlanishi. Britaniya yana bir gumonlanuvchiga ayblov e'lon qildi
08:30 / 15.06.2020
Skripallarni zaharlashda ishlatilgani aytilgan «Nukus zahri» chindan ham mavjudmi?
00:01 / 08.06.2020
Manba: Sergey Skripal va qizi boshqa ism bilan Yangi Zelandiyada yashamoqda
17:08 / 04.03.2019