Fan-texnika | 19:26 / 19.04.2018
11575
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar kinos'yomkalar uchun eng tez avtomobilni yaratdi

Amerikaning Incline Dynamic Outlet studiyasi aerokinos'yomkalarga ixtisoslashgan bo‘lib, dunyodagi eng tez kamera-karni yaratdi. Buning uchun ularga yarim million dollardan ko‘proq qiymatdagi uskunalar va Lamborghini Huracan kupesi talab etildi. Avtomobil suratlari idoaerials Instagram-sahifasida e'lon qilingan.

Foto: Incline Dynamic Outlet

Mashinaning old qismida maxsus mustahkamlagich o‘rnatildi. Kuch karkasi va kamerani boshqarish elementlarini ishlab chiqish, keyin esa tayyorlash uchun oylar davomida ish olib borildi. Superkarda foydalaniluvchi stabilizator Gyro Stabilized Systems firmasi tomonidan loyihalashtirildi, 8K kenglikda suratga olishi mumkin bo‘lgan kamerani - Red. 

Lamborghini Huracan kamera-kar harakatga 5,2 litrli V10 atmosferali dvigatel yordamida harakatga keladi, u 610 ot kuchilik quvvatga ega. Kameraga ega bo‘lmagan oddiy superkar «yuzga» 3,2 soniyada chiqishi mumkin, uning maksimal tezligi esa soatiga 325 kilometrdan ortiqni tashkil qiladi.

Foto: Incline Dynamic Outlet

Mavzuga oid