Jahon | 22:35 / 19.04.2018
4972
2 daqiqa o‘qiladi

Neft narxi 4 yil ichida birinchi marta 74 dollardan oshdi

Foto: Luke Sharrett / Bloomberg

Brent markasidagi neft Londondagi ICE birjasidagi savdolar vaqtida 2014 yil 27 noyabrdagi qiymatgacha qimmatlashadi. Brent nefti 74,43 dollardan, ya'ni o‘tgan savdolar yopilgandagidan 1,3 foiz qimmatroq sotilgan. 

WTI turidagi neft narxi ham 2014 yil noyabrdagi qiymatga yetib, 69 dollardan oshgan.

Neft narxi 2017 yil iyunidan boshlab qimmatlasha boshladi. O‘shanda uning narxi 44 dollarni tashkil qilgan. 2018 yil yanvarda narx 70 dollarga yetib, so‘ngra 61 dollargacha tushib ketgan. Fevralda narx yana osha boshlagan va 11 aprelda Brent nefti 73 dollardan oshgan.

Ma'lum qilinishicha, narxlar oshishi AQShda neft zaxiralari kamaygani va Saudiya Arabistoni kamroq neft sotayotgani bilan bog‘langan.

“Saudiyaliklar va ularning OPeK bo‘yicha hamkasblariga mamlakatlari byudjyetiga mablag‘ tushib turishi va qimmatbaho islohotlarni o‘tkazish uchun baland narxlar kerak. Shu sababli ular imkoniyatlari boricha “limonni siqishda davom etadilar”, deb aytgan AxiTrader brokerlik kompaniyasi strategi Greg Makkenna.

Mavzuga oid