Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 noyabrga qadar Toshkentda pasportlar o‘rniga ID-kartalar sinov rejimida joriy etiladi
1 noyabrga qadar Toshkentda pasportlarni ID-kartalar bilan almashtirish bo‘yicha sinov loyihasi joriy etiladi. Bu prezidentning «Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, mavjud pasportlar, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa guvohnomalar (respublika ichida) tizimi o‘rniga identifikatsiya kartalari (ID-kartalari) tizimi joriy etiladi. Unda har bir fuqaro uchun yagona identifikatsiya raqami, uning shaxsiy ma'lumotlari va davlat xizmatlarini olishda shaxsni aniqlash uchun ishlatiluvchi boshqa ma'lumotlar bo‘ladi. Haydovchilik guvohnomasi bundan mustasno.
1 iyulga qadar loyihani moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi, 1 avgustgacha uning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ladi.
1 noyabrga qadar loyiha byudjyetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Toshkentda sinov rejimida ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025