Sport | 09:19 / 20.04.2018
18889
1 daqiqa o‘qiladi

«Fenerbahche» - «Beshiktosh» uchrashuvi mehmonlar murabbiyining boshi yorilgach to‘xtatildi

Turkiya Kubogi yarim finalida «Fenerbahche» — «Beshiktosh» uchrashuvi mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gyunesh tribunadan otilgan predmet tufayli boshidan jarohat olgach to‘xtatildi.

Ushbu hodisa uchrashuvning 58-daqiqasida, hisob 0:0 holatida ro‘y bergan. Mehmon jamoa murabbiylari shtabi joylashgan o‘rindiqlarga qarata uloqtirilgan predmetlardan biri bosh murabbiyning boshiga tekkan va murabbiy yiqilib tushgan. 

Turkiya nashrlari yozishicha, mutaxassis ko‘p qon yo‘qotgan, uning jarohatini joyida tikishga to‘g‘ri kelgan, keyin u shifoxonaga olib ketilgan.

«Beshiktosh» maydonida kechgan birinchi uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan, o‘sha o‘yinda ham maydonda tartibsizliklar yuzaga kelgan va futbolchilar maydondan chetlatilgandi.

Mavzuga oid