Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus halokatga uchradi

2018 yilning 21 aprel kuni soat 07:40da Qozog‘iston Respublikasi Jambul oblasti Korday rayoni hududidan o‘tuvchi «G‘arbiy Yevropa - G‘arbiy Xitoy» avtomobil yo‘lining 205 km.da «Olmaota-Chimkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan davlat raqami 048 AXZ 13 «Mersedes Sprinter» mikroavtobusi to‘kilgan tosh uyumiga urilib halokatga uchragan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy saytida e'lon qilingan.
Mikroavtobusda 19 kishi bo‘lib ularning 17 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2 nafari Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari bo‘lishgan.
Yo‘l transport hodisasi natijasida 3 kishi halok bo‘lgan va 8 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Birlamchi ma'lumotlarga asosan halok bo‘lganlarning ikki nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va bir nafari Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi, jabrlanganlarning 8 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. Jabrlanganlar Jambul oblastining Korday markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.
YTH natijasida halok bo‘lganlar:
Madatov Sh., 1977 y.t.
Teshabuyev A., 1971 y.t.
Jabrlanganlar:
Nurpeisov M., 1965 y.t.
Jamalov I., 1971 y.t.
Hakimov A., 1969 y.t.
Kalmurzayev B., 1994 y.t.
Xusanov E., 1986 y.t.
Davronov X., 1976 y.t.
Madatov A., 1968 y.t.
Madatov D., 1981 y.t.
Halok bo‘lganlarning jasadi Jambul oblastining Korday rayon markaziy shifoxonasida saqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Tezkor raqamlari»
(+998 71) 147-10-50.
O‘zbekiston Respubliksining Qozog‘iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi
+7 727 291-06-44
Mavzuga oid

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi

13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi

07:35 / 27.07.2024