Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram va qog‘oz samolyotlar: Messenjer foydalanuvchilarni ommaviy aksiyada ishtirok etishga chaqirdi
Telegram foydalanuvchilarni 22 aprel kuni kechqurun bloklanishlarga qarshi norozilik namoyishi sifatida qog‘oz samolyotlarni uchirishga chaqirdi. Messenjerning servis xabarlari kanalida shunga doir xabar paydo bo‘ldi.
Aktsiya 22 aprel kuni soat 19:00 da o‘tishi ko‘zda tutilgan.

16 aprel kuni "Roskomnadzor" Telegram messenjerini bloklay boshladi. Taqiqlangan saytlar reyestriga messenjerga bog‘liq sakkiz tarmoq ham kiritildi. Telegram tez orada Amazon, Microsoft va Google bulut servislarining IP-manzillaridan foydalanib, bloklanishni chetlab o‘ta boshladi. "Roskomnadzor" bu saytlar manzillarini ham blokladi, biroq messenjer IP-manzillarini ketma-ket o‘zgartirgan.
Rossiyada 16 aprelning o‘zidayoq qog‘oz samolyotlar bilan bog‘liq norozilik namoyishi o‘tkazildi. Bu namoyish Moskva shahridagi FXX bosh binosi darvozasi oldida o‘tkazildi, biroq bu aksiya Telegram tashabbusi bilan tashkil etilmagandi. Bir necha namoyishchi qo‘lga olingan, biroq keyinroq qo‘yib yuborilgan.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025