Jahon | 22:30 / 23.04.2018
11018
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston hukumati iste'foga chiqarildi

Foto: Foto: Asatur Yesayants / Sputnik / RIA Novosti

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan hukumatning iste'foga chiqarilishi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Sarkisyanning saytida ma'lum qilingan.

Avvalroq 23 aprelda mamlakatning yangi bosh vaziri Serj Sargsyan iste'foga ketgandi. Bosh vazir vazifalarini Sargsyanning birinchi o‘rinbosari Karen Karapetyan vaqtinchalik bajarib turadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid