Jahon | 11:27 / 23.04.2018
26658
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi: «Sovuq urush qaytdi!»

Foto: SVT

BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma'lum qilishicha, «sovuq urush» qaytdi. Bu haqda SVT telekanali xabar bermoqda.

«Sovuq urush qaytgani aniq. Biroq, endi AQSh va Rossiya xuddi avvalgidek barchani nazorat qilmayapti. Yaqin Sharq mintaqasida ko‘plab mamlakatlar juda faol: Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqalar. Ikkita yaxlit nazorat qilinuvchi blok yo‘q», - deya aytib o‘tdi Guterresh.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, BMT Suriyadagi mojaroga hozircha yechim topish imkoniga ega emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Ukraina aholisiga gumanitar yordam uchun pul yetishmayotganini ma'lum qilgandi

 

Mavzuga oid