Fotoreportaj: Yerevanda namoyishlarning so‘nggi kuni, harbiylar xalq bilan
23 aprel kuni Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan bosh vazirlikka saylanganidan 5 kun o‘tib, lavozimini tark etdi. U 10 kun davomida namoyish o‘tkazgan arman xalqiga nisbatan «nohaqlik» qilganini tan oldi.
Uning taslim bo‘lishida 22 aprel kuni kechqurun poytaxtdagi Respublika maydoniga 100 ming kishi to‘planishi, yetakchi diniy ulamolar rahbarlari qo‘lga olingan namoyishchilarga rahbarlik qilishi, 23 aprel kuni esa harbiylar guruh-guruh bo‘lib namoyishchilar tomoniga o‘tib ketishi hal qiluvchi o‘rin tutdi.
Sargsyan iste'fosi haqida ma'lum qilgach, Yerevandagi namoyishchilar ko‘chalarni tark etmadi va bir-birini tabriklab, inqilobdagi g‘alabani nishonlay boshladi. Namoyishchilar rahbari Nikol Pashinyan ozod etildi va «g‘alaba mitingi»ga tayyorlana boshladi.
Keyingi kunlarda Yerevandagi namoyishlar xalqaro agentliklarning diqqat markazida turdi. Fotomuxbirlar g‘alaba lahzalarini ham kamera obektlariga muhrlashdi.

























Mavzuga oid

07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi

17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

08:23 / 22.03.2025
Pashinyan Armanistonning yangi konstitutsiyasi bo‘yicha referendum muddatini ma’lum qildi

20:21 / 13.03.2025