Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viber messenjeri Roskomnadzor harakatlari sababli beqaror ishlayotganidan ogohlantirdi
Viber messenjeri Roskomnadzorning Telegram’ni bloklash bilan bog‘liq harakatlari sababli beqaror ishlayotganidan foydalanuvchilarni ogohlantirdi. Bu haqdagi xabar 24 aprelda tarqatilgan.
Viber ma'muriyati messenjerning ishlashini to‘liq tiklashga urinmoqda. Biroq xizmat qachon to‘liq ishlashiga aniqlik kiritilmagan.
“Sizlardan ba'zilar Viber’da qo‘ng‘iroq qilish yoki foto jo‘natishda qiyinchiliklarga uchragan bo‘lishingiz mumkin. Yuzaga kelgan vaziyat regulyatorning (Roskomnadzor) mamlakatdagi millionlab internet-serverlarni bloklash yordamida boshqa messenjerni bloklashi natijasi hisoblanadi. Bu esa Viber va boshqa servislarga ta'sir ko‘rsatgan”, deyilgan Viber xabarida.
Viber bilan ishlashda muammolar haqida birinchi marta 16 aprelda ma'lum bo‘lgan. Shu kuni Rossiyada Telegram’ga kirish bloklana boshlagan. Bu Viber qo‘llaydigan Amazon bulutli xizmatiga kirishga Roskomnadzorning cheklovi bilan bog‘langan.
Viber ommaviyligi bo‘yicha WhatsApp’dan keyin Rossiyada 2-o‘rinda turadi va 20 mln foydalanuvchini qamrab olgan.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025