Xitoylik o‘smirning hujumi natijasida 7 o‘quvchi halok bo‘ldi
Xitoylik voyaga yetmagan shaxs Shensi provinsiyasi Yuylin okrugi Minchji uyezdidagi o‘rta maktab o‘quvchilariga hujum qildi, natijada 7 nafar bola halok bo‘ldi, 12 nafari jarohat oldi. Minchji uyezdining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shu haqida xabar tarqaldi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hujum kutilmagan bo‘lgan va mahalliy vaqt bilan soat 18:10 da bolalar maktabdan uylariga qaytayotganlarida sodir bo‘lgan.
Hozirga kelib o‘smir qo‘lga olingan. Politsiyadan xabar berilishicha, o‘smir hujumdan biroz oldin mazkur maktabdan haydalgan bo‘lgan hamda "maktab va jamiyat"dan shu tariqa o‘ch olgan. Uning qurbonlarining aksariyati qochishga ulgurmagan qizlar ekani aytilmoqda.
Jarohat olgan o‘quvchilar shifoxonaga yetkazilgan, ularga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
21:42 / 23.09.2024
Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
14:45 / 18.07.2024
Rosstat birinchi marta tashqi sabablardan o‘lim haqidagi ma’lumotlarni yashirdi
15:11 / 22.04.2024
Jurnalda quyi o‘rinda turuvchi o‘quvchilar pastroq bahoga o‘qiydimi? – tadqiqot
10:44 / 17.04.2024