Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narpay kanaliga oqayotgan oqova suvlar bartaraf etiladi - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
Yodingizda bo‘lsa saytimizda 17 aprel kuni «Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q: Narpay kanaliga najosat oqizilmoqda» sarlavhasi ostida Kattaqo‘rg‘on shahridan oqib o‘tuvchi Narpay kanaliga shahar aholisi va korxonalarining oqova suvlari tashlanayotgani haqida tanqidiy lavha va maqola e'lon qilgan edik.
Ushbu lavha yuzasidan tahririyatimizga Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi M.Hoshimov imzosi bilan javob xati keldi.
Shahar hokimining xatida haqiqatdan ham lavhada ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammoli holatlar mavjudligi ta'kidlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan shaharda ishchi guruh tuzilgani, ishchi guruhga muammoni bartaraf etish uchun shahar hokimligidan zarur mablag‘lar, texnikalar va ishchi kuchi ajratilgani bayon qilingan.
Shahar hokimining tahririyatimizga yo‘llagan xatida ishchi guruh majlisi bayonnomasi va muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan boshlangan ishlardan fotosuratlar ham ilova qilingan.



Mavzuga oid
12:07 / 15.04.2025
Ichimlik suvi va kanalizatsiya: raqamlar yaxshilanyapti, lekin ular qanchalik haqqoniy?
12:20 / 06.03.2025
Ko‘changiz asfalt qilinmagan, ichimlik suvi va kanalizatsiya yo‘qmi? Bu haqda Telegram orqali xabar bering
15:50 / 19.03.2024
“Hidiga chidab bo‘lmayapti”: O‘rta Chirchiqda mehmonxonaning kanalizatsiyasi ariqqa oqizilmoqda
11:09 / 17.03.2024