Toshkentda “Captiva”, “Mersedes”, “Lasetti”, “VAZ-21063”, “Neksiya” va “Matiz” ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida birdaniga 6 mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, 26 aprel kuni soat 01.45larda, S.D. o‘zining “Captiva” avtomashinasini katta tezlikda boshqarib, “Shahrisabz-Katta Mirobod” ko‘chalari chorrahasidagi aylana yo‘lni kesib o‘tib, shu aylana yo‘lga kirib kelayotgan, “Mersedes-Bents” rusumli avtomashinasini urib o‘tib, harakatini davom ettirib, yo‘l chetida turgan, X.X. boshqaruvidagi “Lasetti”, Sh.B.ning “VAZ-21063”, A.M.ning “Neksiya” avtomashinasi hamda U.A.ning “Matiz” avtomashinalariga orqa tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Captiva” avtomashinasi haydovchisi S.D. va “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi X.X. turli darajadagi tan jarohatlari olib, ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

18:17 / 16.04.2025
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi restavratsiya qilinadi

11:56 / 16.04.2025