Janubiy Koreyaga tashrif vaqtida Kim Chen In avtomobiliga 12 nafar yugurayotgan qo‘riqchi hamrohlik qildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan muzokaralarning birinchi bosqichidan so‘ng tushlikka jo‘nab ketganida, uning avtomobiliga 12 nafar yugurayotgan qo‘riqchi hamrohlik qildi. Bu haqda Daily Nation xabar bermoqda.


Ta'kidlanishicha, koreyalik yetakchilar tushlikdan so‘ng tinchlik va farovonlik ramzi bo‘lgan qarag‘ay daraxtini ekish marosimida ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan hazillashib, endi uni raketa sinovlari bilan uyg‘otib yubormaslikka va'da bergandi. Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, raketalarning erta uchirilishi Janubiy Koreya rahbarining uyqusiga xalaqit qilgan. «Endi men sizni erta uyg‘otmaslikka harakat qilaman», - degan Kim Chen In.
Mavzuga oid

17:46 / 09.05.2025
Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

22:44 / 04.05.2025