Toshkent shahrida o‘tgan navbatdagi ochiq sayyor sudda maktab direktori masalasi ko‘rildi
Toshkent shahrida ochiq sayyor sudlar keng jamoatchilikning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. 27 aprel kuni jinoyat ishlari Toshkent shahar Mirobod tumani sudi, Mirobod tuman hokimiyati va bir qancha jamoatchilik vakillari bilan tuman Politexnika kasb-hunar kolleji binosida ochiq sayyor sud bo‘lib o‘tdi.
Sud'ya S.M.Matchanov raisligida o‘tgan ochiq sayyor sudda ayblanuvchilar S.X.Irgasheva va Sh.X.Xaliqovalarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rildi. KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, S.X.Irgasheva Mirobod tumanidagi 213-sonli o‘rta maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan. O‘zining egallab turgan lavozimidan foydalangan holatda, mazkur maktabga 2016 yil 4 apreldagi 81-sonli buyruqqa asosan bir stavka ko‘cha supuruvchisi vazifasiga ishga qabul qilingan Sh.X.Xaliqova bilan oldindan til biriktirib, bir guruh shaxslar sifatida, 2016 yil 7 apreldan 2018 yil 24 dekabrga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida Sh.X.Xaliqova amalda ishlamagan bo‘lsada, ish vaqtini hisoblash tabellariga uni ishlab, o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganligi haqida hujjatlar rasmiylashtirilib, naqd pul va plastik kartochkaga ish haqi hisoblab kelgan. Xodimning jami bo‘lib 10.035.000 so‘m, majburiy to‘lovlar uchun ushlanmalardan tashqari 8.628.200 so‘m ish haqi davlat mablag‘larini mansab mavqeini suiiste'mol qilib, kamomad qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Dastlabki tergovda S.X.Ergasheva tomonidan yetkazilgan 8.628.200 so‘m miqdordagi moddiy zarar to‘liq koplangan.
Sayyor sud protsessi davomida tuman xalq ta'limi bo‘limidan va Kasaba uyushmasidan qatnashgan vakil ko‘rsatmalari eshitildi. Unda, asosan, ayblanuvchi S.X.Ergasheva haqidagi tavsifnoma va iltimosnomalar o‘rganib chiqildi.
Sud jarayonida S.X.Irgasheva va Sh.X.Xaliqovalarga so‘z berildi. Ular ushbu jinoyatni qasddan sodir etmaganligini, holat yuzasidan qattiq afsusda ekanliklarini ta'kidlashdi.
Hamma jinoiy ishga oid bo‘lgan ma'lumotlar (yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar) o‘rganilib, S.X.Irgashevani O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-modda ( O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bo‘yicha jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topdi. Ushbu Kodeksning JKning 71-moddasiga (Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish) asosan jazodan ozod qilindi. S.X.Irgashevaga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng bekor qilishligi belgilandi.
Sh.X.Xaliqovaga nisbatan esa Jinoyat kodeksi 167-modda 2-qismi “v” bandi bo‘yicha jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topildi. Shu kodeksning 67-moddasi (Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish) 2-qismi “v” bandi bilan JK 71-moddasiga asosan jazodan ozod qilindi.
Hukmdan norozi taraflarga hukm e'lon qilinganidan keyin 10 kun ichida apellyatsiya berishi, 10 kundan keyin esa kasatsiya tartibida shikoyat yoki protest keltirishlari mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
13:06 / 06.11.2024