Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. "Yuventus" so‘nggi daqiqalarda 2ta gol urib, "Inter"dan g‘alabani tortib oldi
Italiya chempionatining 35-tur markaziy o‘yinida "Inter" o‘z maydonida "Yuventus"ni qabul qildi.
Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:3 hisobida turinliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Duglas Kosta 13-daqiqada mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 18-daqiqada Vesino qizil kartochka olib, maydon egalarini 10 kishi o‘ynashga majbur qildi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida Ikardi oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 65-daqiqada Bardzali o‘z darvozasiga to‘p kiritib, "Inter"ni hisobda olib chiqdi. 87-daqiqada esa Shkrinyar ham avtogol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida Iguain mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.
Inter – Yuventus 2:3
Gollar: 0:1 – 13 Duglas Kosta, 1:1 – 52 Ikardi, 2:1 – 65, avtogol Bardzali, 2:2 – 87, avtogol Shkrinyar, 2:3 – 89 Iguain.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, D`Ambrozio (Karamo, 90), Joau Kanselu, Miranda, Vesino, Brozovich, Rafinya (Valero, 81), Kandreva, Perishich, Ikardi (Santon, 85).
Yuventus – Buffon, Bardzali, Rugani, Aleks Sandro, Xedira (Dibala, 61), Kuadrado, Matyuidi, Pyanich (Bentankur, 80), Duglas Kosta, Mandjukich (Bernardeski, 66), Iguain.
Ogohlantirishlar: Kuadrado (5), Pyanich (21), Bardzali (45), Mandjukich (52), D`Ambrozio (58), Aleks Sandro (77), Brozovich (88).
Chetlatish: Vesino (18).
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?
02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi
10:53 / 01.05.2025