Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In qanday shartlarda yadroviy quroldan voz kechishi ma'lum qilindi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan uchrashuvda AQSh bilan urush rasman yakunlansa, unda yadroviy qurolga ega bo‘lishga hojat bo‘lmasligini aytgan.
“Agar bizning AQSh bilan uchrashuvlar tez-tez bo‘lib tursa va kelgusida ishonch hosil bo‘lsa hamda daxlsizlik va urush yakunlangani haqidagi kelishuvga erishilsa, yadroviy qurolga ega bo‘lish va qiyin sharoitlarda yashashning nima keragi bor?”, deb aytgan Kim Chen In.
Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili Yun Yon Chxanning aytishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi “AQShga hamisha qarshi chiqqan bo‘lsa-da, odamlar u AQSh, Janubiy Koreya yoki Tinch okeani mintaqasidagi boshqa davlatlarga yadroviy bomba tashlaydigan odam emasligini bilishadi”.
Bundan tashqari, Kim Chen In kelajakda Koreya yarimorolida qon to‘kilishi takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan va kuch ishlatmaslikka va'da bergan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025