Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyatida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH haqida rasmiy ma'lumot berildi
Buxoro viloyatining Jondor tumanida 29 aprel kuni soat 10.50larda, G‘ijduvon tumanida yashovchi, J.M. boshqaruvidagi “Setra” rusumli avtobusini tuman hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 319-km.da haydab ketayotgan vaqtida avtobusning orqa o‘ng g‘ildiragi baloni yorilib ketishi natijasida avtobus yo‘l chetiga chiqib yonboshlagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Hodisa natijasida avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 49 nafar yo‘lovchidan 4 nafari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 26 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda qolgan 19 nafar yo‘lovchi jarohatlanmagan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025