Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida ikki yirik ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
Viloyatning Andijon va Oltinko‘l tumanlarida trikotaj ishlab chiqaruvchi “Milano tekstil” hamda aholining tibbiyot qo‘lqoplariga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi "Gold Grown Pharma" korxonalarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.


Andijon tumanining «Milano tekstil» jamiyati tomonidan umumiy qiymati 9 mlrd. so‘mlik (shundan bank krediti 2 mlrd. so‘m) tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasi tantanali ravishda ochildi. Korxonaga dunyoning oldi kompaniyalarining zamonaviy energiya tejamkor dastgohlari keltirilgan bo‘lib, tashkil etilishi natijasida yilga 1 mln. dona ishlab chiqarish quvvatlari, 1 mln. dollar eksport qilish imkoniyatlari yaratildi va qolaversa xotin-qizlar uchun 300 ga yaqin yangi muqim ish o‘rinlari yaratildi.



Viloyatda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha 2018-2019 yillarda umumiy qiymati 98,6 mlrd. so‘mlik ishlar amalga oshirilishi va 986 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Bu borada qilinayotgan ishlarning isboti sifatida Oltinko‘l tumanidagi "Gold Grown Pharma" MChJ tomonidan amalga oshirilgan loyihani misol qilish mumkin.



Mazkur jamiyat tomonidan jami 16 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi hisobiga yiliga 11 ming juft import o‘rnini bosuvchi tibbiyot qo‘lqoplari ishlab chiqaradi. Foydalanishga topshirilgan korxonada 120 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.



Korxonalarning ochilish marosimida keng jamoatchilik va soha vakillari ishtirok etishdi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov har ikki tadbirda bo‘lib, ish jarayoni va korxonalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi
17:09 / 25.01.2025