Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yuz bergan YTH tufayli O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi
Qozog‘istonning G‘arbiy-Qozog‘iston oblastida ikki kishi yo‘l-transport hodisasi sabab halok bo‘ldi. Bu haqda «Kazinform» xabar qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, «Ikarus» avtobusi va MAN yuk avtomobili tungi soat taxminan birlarda to‘qnashib ketgan. YTH Uralsk-Atirau trassasidagi Akjayik tumani Ilbishin qishlog‘i yaqinida yuz berdi. To‘qnashuv oqibatida har ikki haydovchi, O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Avtobus haydovchisining yordamchisi bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi tuman shifoxonasiga olib ketildi
Ayni damda ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025