O‘zbekiston | 12:23 / 02.05.2018
18667
3 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning yoshlarga oid yangi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Foto: xdp.uz

O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga “Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” Davlat dasturi to‘g‘risida” prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, yangi qaror mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi faoliyatni yanada takomillashtirishda “Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” Davlat dasturi asosida, yoshlarning dunyoqarashini shakllantirish, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlar bilan o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va bayram tadbirlariga g‘oyaviy mazmun baxsh etish, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga doir yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashga qaratilgan samarali tizimlar joriy etish, yoshlarda mehnatsevarlik, ishbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish maqsadida qabul qilinishi mumkin.

“Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanishi mumkin:

yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularni mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya va chuqur bilimlarga ega, millatlararo hamjihatlik ruhida Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalash, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlaridagi faolligini oshirish;

yoshlar o‘rtasida ommaviy-madaniy va bayram tadbirlarini g‘oyaviy mazmun bilan to‘ldirish, ular o‘rtasida xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, konferensiyalar va ko‘rgazmalar o‘tkazish, yoshlarning iqtidori va iste'dodini to‘laqonli namoyon qilishga qaratilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish, yoshlar orasida ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga doir yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish;

yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlariga va bandligini ta'minlashga qaratilgan samarali tizimlar joriy etish, ularni boqimandalik kayfiyatidan xalos etgan holda mehnatsevarlik, ishbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish.

Dasturning hududlar darajasida amalga oshirilishini samarali tashkil etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi rahbarligida hamda viloyatlar va Toshkent shahrida — viloyatlar va Toshkent shahar hokimi rahbarligida hududiy komissiyalar tashkil etiladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengash Komissiyaning Ishchi organi etib belgilanishi mumkin.

Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

Dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorligini ta'minlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish;

Dasturda belgilangan vazifalarni to‘liq va sifatli bajarilishini doimiy monitoring qilib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

Mavzuga oid