Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahram G‘iyosov yana Olimpiada o‘yinlarida qatnashishi mumkin
2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritgan, jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov 2020 yil Tokio shahrida bo‘ladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin.
U bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men O‘zbekistondan ketishimdan oldin, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va boks federatsiyasida Olimpiada o‘yinlarida mendan yana medal kutishlarini aytishdi. Shu sababli, professional shartnomamga Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish bandini kiritdim. Osiyo va Jahon chempionatida qatnasha olmayman. Ammo Olimpiadaning lisenzion musobaqasida ringga chiqib, yo‘llanma qo‘lga kirita oladigan bo‘lsam, Tokioga borish imkoniyati menda bor”, — dedi G‘iyosov.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
17:24 / 06.01.2025