O‘zbekiston | 22:23 / 02.05.2018
24878
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Namangandagi "Orzu" kichik sanoat zonasida bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida tashkil etilayotgan "Orzu" kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi. Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatida shu haqida xabar berildi.

Manbada keltirilishicha, qariyb 10 gektar maydonni egallagan ushbu hududda 22 loyihani amalga oshirish mo‘ljallangan. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, elektr jihozlari, tibbiyot va poligrafiya tovarlari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish orqali dastlabki bosqichda 2 250, ikkinchi bosqichda 1 700 kishini ish bilan ta'minlash rejalashtirilgan. Sanoat zonasida ishlash istagidagi korxonalarning hammasi o‘z tarmog‘ida tajribaga va hamkorlarga ega sub'yektlardir.

Davlat rahbari mazkur korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi, ularning sifati va bozori bilan qiziqdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muloqot asnosida tadbirkorlar oldida turgan muammolarni hal etish, xomashyo olish va mahsulotini sotishga ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Xorijiy texnologiyalarni olib kelish uchun mablag‘ ajratish, eksportni kengaytirish uchun korxonalarga xalqaro maqom berish zarurligini ta'kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Mavzuga oid