Sport | 23:54 / 03.05.2018
17103
1 daqiqa o‘qiladi

«Chuntsin Lifan» Inestaga rad qilib bo‘lmas taklifni berdi

Foto: telegram/@barcelona

Xitoyning «Chuntsin Lifan» klubi «Barselona» yarimhimoyachisi Andres Inestaga uch yillik shartnoma va yiliga 27 million yevro maosh taklif qilmoqda, deb yozadi El Mundo.

Agar futbolchi bu taklifga ko‘nsa, Messi va Neymardan so‘ng dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi uchinchi futbolchisiga aylanishi mumkin. Ma'lumki, «Barselona» va «PSJ» yetakchilari yiliga 35 million yevro ishlab topmoqda.

Bundan tashqari, xitoyliklar Inestaga tegishli kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan 6 million shisha vinoni xarid qilishga ham rozi bo‘lgan. Bu esa futbolchiga qo‘shimcha 36 million yevro daromad keltiradi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid