Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda mintaqadagi eng katta Hyundai avtomobil zavodi quriladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, videoselektorda davlat rahbari aholini ish bilan ta'minlash masalasining dolzarb ekanligiga to‘xtalib, Namanganda pillachilik, baliqchilik va boshqa qator sohalarni rivojlantirishga e'tibor qaratish lozimligi uqtirib o‘tdi. Jumladan, pilla bilan ishlovchi alohida yangi tizim yaratilishi, bir oy ipak qurti boqqanga bir yil ish haqqi to‘lanishini aytildi. Ushbu tizim orqali bir million nafar odamni ipak sanoati va ipak qurti boqishga jalb qilinadi.
Prezident, shuningdek, Namangan viloyatida Hyundai avtomobillari ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirilishini aytdi.
“Namanganda mintaqadagi eng katta avtomobil zavodi quriladi. Oldindan aytishim mumkin bu – Hyundai bo‘ladi. Andijonliklarga maqtanmay turinglar!”, - deya hazil qildi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025