O‘zbekiston | 09:38 / 03.05.2018
17293
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: Namanganda qo‘shimcha yana 11ta qishloq va 2ta mahalla obod bo‘ladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. 

KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari o‘z ma'ruzasi davomida viloyatdagi 110 ming aholi istiqomat qiladigan 22ta qishloqda qurilish, ta'mirlash ishlari jadal olib borilayotgani, ushbu qishloqlarda xatlov o‘tkazilib, 7400ta uy-joy, 33ta ko‘p qavatli turar-joylar, yuzlab kilometr ichimlik suvi tizimi, yo‘l va ko‘plab ijtimoiy obektlarni ta'mirlashga 200 milliard so‘m sarflanishi rejalashtirilganiga to‘xtaldi. 
 
Viloyat va tuman hokimlarining tashabbusi bilan tumanlarda yana 11ta qishloq va Namangan shahrida 2ta mahallada ham joriy yilda “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha ishlar boshlanadi. 

“Men bugun Namanganda bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlaridan ko‘nglim to‘ldi. Men bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman va mazkur qishloqlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar uchun yetarli pul mablag‘ini ham hal qilaman”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Элмурод Эрматов
Tayyorlagan Элмурод Эрматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid