Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxsni o‘zboshimchalik bilan jazolash mumkinmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda huquqbuzarlik sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni o‘zboshimchalik bilan jazolash tasviri tushirilgan videolavhalar ko‘payib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Zafar Mustafoqulovning aytishicha, bunday harakatlarga hech kimning haqqi yo‘q.
«Konstitutsiyamizning 19-moddasiga muvofiq, fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir. Shaxsni ushbu erkinliklardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas. Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda oshkora ko‘rib chiqilib, aybi aniqlanmaguncha, u aybdor hisoblanmaydi», deydi u.
Zafar Mustafoqulovning fikricha, ushlash boshqa, ayblash boshqa. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 39-moddasida ta'kidlanganidek, maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga ega.
«Biroq, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida emas, o‘zboshimchalik bilan jazolash uchun ushlash - shaxsga qasddan zarar yetkazish - qonunga xilof harakat hisoblanadi», deydi Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i.
Ma'lumot uchun, o‘zboshimchalik bilan shaxsni jazolamoqchi bo‘lgan kishiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan jazolar tayinlanishi mumkin.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025