Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda «Hadisi sharif bilimdoni» musobaqasi bo‘lib o‘tdi
2 may kuni Samarqand viloyatida «Hadisi sharif bilimdoni» viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining matbuot xizmati ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, musobaqa dinimiz odoblariga binoan Qur'on tilovati bilan boshlangan. Musobaqani Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin hoji domla Eshonqulov tabrik so‘zi bilan ochib berib, bugungi kunda O‘zbekistonda diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ulkan ishlar haqida gapirdi. Yaqindagina Prezident tashabbusi bilan o‘tkazilgan «O‘zbekiston Qur'on musobaqasi» tadbirlarining ham juda chiroyli tartibda va adolat bilan o‘tganligini ta'kidlab o‘tildi. "Bugun o‘tkazilayotgan «Hadisi sharif bilimdoni» musobaqasi ham mana shunday ezgu ishlar davomi bo‘lib, yurtimizda ilk bora tashkil etilgani barchamiz uchun quvonarli hol", dedi viloyat bosh imom xatibi.
Musobaqa umumiy 100 ballik tizimda baholandi.
1. Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritib berish – 20 ball;
2. Berilgan hadisni sharhlab berish (hadisi sharifni ifodali o‘qib, tarjima qilish va undan olinadigan foydalarni bayon qilish) – 30 ball;
3. Hadisi sharifni arab tilidagi matnini sahobiyning ismi bilan yoddan aytib berish – 50 ball;
Musobaqa natijasiga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib bo‘lishdi:
1-o‘rin: Egamberdiyev Abdulaziz
2-o‘rin: Mahmudov Akmal
3-o‘rin: Baxodirov Doniyor
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025