Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kapitalbank» litsenziyasi bekor qilinishi bilan bog‘liq mish-mishlarni rad etdi
«Kapitalbank» bankda hech qanday tekshiruvlar o‘tkazilmayotgani, litsenziya esa bekor qilinmagani to‘g‘risidagi bayonot bilan chiqdi.
Bank matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, bunday bayonotga go‘yoki OAVda paydo bo‘lgan hech qanday asossiz, yolg‘on ma'lumot sabab bo‘lgan.
«Kapitalbank» bankda hech qanday tekshiruv o‘tkazilmayotgani, bank litsenziyasi esa bekor qilinmaganini rasman tasdiqlaydi. Bank mijozlar va hamkorlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarib kelmoqda", - deyiladi bayonotda.
Manbada bank amaldagi qonunchilikka qat'iy rioya qilgan holda ishlashi, biznesni yuritishda doim to‘liq ochiqlik va shaffoflikka intilishi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
12:02 / 16.05.2025
Umra litsenziyasi berilgan turfirmalar soni 2 taga ko‘paydi
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
18:33 / 18.04.2025
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi
15:04 / 08.04.2025