Jahon | 11:43 / 04.05.2018
17623
2 daqiqa o‘qiladi

KQTT rahbari Skripallarni zaharlashda qo‘llanilgan modda miqdorini aytdi

Foto: Finbarr Webster/Rex/Shutterstock

Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) rahbari Ahmad Uzo‘mjuning ma'lum qilishicha, Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlash uchun 50 grammdan 100 grammgacha zaharli moddadan foydalanishgan. Bu haqda u The New York Times’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, modda Skripallarning eshik dastasi va ular hushsiz holda topilgan bog‘da aniqlandi. Modda suyuq holatda qo‘llanilgan.

«Ta'kidlab o‘tish muhim bo‘lgan bitta narsa – asab agenti, u juda barqaror. Unga ob-havo sharoitlari ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu biz uni oradan ma'lum vaqt o‘tgach aniqlashimizda ham muhim o‘rin tutdi. Bizning fikrcha, u yuqori tozalikda bo‘lgan», - deya qayd etib o‘tdi Uzo‘mju.

Uning qo‘shimcha qilishicha, laboratoriya tadqiqotlari uchun 5 grammdan 10 grammgacha modda talab etildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u kimyoviy qurollar ro‘yxatiga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Britaniya Rossiyani yakkalatib qo‘yish uchun yirik sammitlardan foydalanayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid