Jamiyat | 09:30 / 04.05.2018
18879
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Perfetto – tabiiy yog‘ va komponentlardan tarkib topgan sovun

Deyarli har bir inson tug‘ilganidan beri sovundan foydalanadi. Uning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, inson terisiga turlicha ta'sir qiladi. Sovun terini namlashi, quritishi, foydali elementlar bilan oziqlantirishi yoki bakteriyalardan tozalashi mumkin. 

Foto: Perfetto 

2017 yilda O‘zbekistonda SoapCO kompaniyasi tomonidan ana shunday sovunlarning ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Perfetto brendi ostida ishlab chiqarilayotgan bu mahsulotlar asosini o‘simlik yog‘lari egallaydi. Bunday sovunlar eng ko‘p foydali xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Perfetto sovunlari faqat tabiiy yog‘lar va komponentlardan tarkib topgan. Ular Italiya texnologiyasi asosida ishlab chiqiladi va Yevropa standartlariga to‘la mos keladi.

Foto: Perfetto 
Foto: Perfetto 

SoapCO zavodida soatiga 1 tonna sovun ishlab chiqaruvchi zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Unda 41 ishchi xodim faoliyat olib bormoqda.

Ishlab chiqiladigan mahsulot tarkibida palma yog‘i asosidagi tabiiy xom-ashyodan foydalaniladi. Unga o‘simlik yog‘lari, gigiyenik strujkalar, otdushkalar, bo‘yoqlar kiradi. Muattar hid beruvchi komponentlar Germaniyadan, bo‘yoqlar Turkiyadan, o‘ramlar Hindistondan keltiriladi. Sovun tayyorlashda ishlatiladigan xom-ashyo HALOL standarti ostida Malayziyada ishlab chiqariladi

Mahsulotlar sifati juda yuqori bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida Turkiya texnologiyasi qo‘llanadi. Zavod laboratoriyasi muntazam ravishda sovunlar sifatini nazorat qilib boradi. 

Perfetto sovunlari 22 turdagi assortimentda va 5ta hajmda ishlab chiqiladi: 70 gramm, 110 gramm, 150 gramm va 175 gramm. Atir sovunlaridan tashqari, xo‘jalik sovuni ham ishlab chiqiladi. 

Foto: Perfetto 
Foto: Perfetto 

SoapCO kompaniyasi tez orada mahsulotlar assortimentini ko‘paytirib, shampunlar va boshqa gigiyenik mahsulotlarni ham ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid