Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 yildan so‘ng ilk bor Ko‘lob-Moskva yo‘nalishida poyezd qatnovi ishga tushdi
So‘nggi yetti yil ichida ilk bor Ko‘lob-Moskva yo‘nalishida yo‘lovchi tashuvchi poyezd Tojikistondan jo‘nab ketdi. Bu haqda Tojikiston temir yo‘llari DUK xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Ko‘lob-Moskva yo‘nalishi joriy yilning 3 may kunidan boshlab qayta faollashtirilgan. Ilk qatnovda 400 nafar yo‘lovchi 8ta platskart va 1ta kupe vagonda Moskvaga yetib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Xabarda aytilishicha, yo‘lovchilar uchun kupe vagondagi joy 11931 rubl, platskartda esa 8762 rubl etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda G‘alaba-Amuzang yo‘nalishida temir yo‘l qatnovi foydalanishga topshirilgandan so‘ng, 2012 yili Tojikistonning Xatlon viloyati Markaziy Osiyo umumiy tarmog‘ida uzilib qolgandi.
Oradan 6 yil o‘tib, 2018 yil 1 mart kuni ushbu yo‘nalish qayta tiklanib, birinchi poyezdlar relsga tushirilgandi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025