Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tajovuzkor ruslar bizga qarshi yangi qurolni qo‘llamoqda». Avakov bayonot bilan chiqdi
Foto: RIA Novosti /Aleksandr Maksimenko
Ukraina IIV rahbari Arsen Avakovning ma'lum qilishicha, Rossiya Ukraina sharqida «yangi lazer qurolidan» foydalanmoqda. Bu haqda «Segodnya» portali xabar berdi.
Avakov Ukraina Davlat chegara xizmatining 100 yilligi munosabati bilan mukofotlangan chegarachilarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mukofotlangan harbiy xizmatchilardan biri Donbassda «ruslarning lazer qurolidan» jabrlangan.
«Bu birinchi, ikkinchi va uchinchi holat emas. biz hozirda aksilchoralarni ko‘rmoqdamiz, biroq tajovuzkor ruslar bizga qarshi yangi qurolni qo‘llayotganini bemalol ayta olamiz», - degan vazir.
Shu bilan birga, Avakovning ta'kidlashicha, kuchishlatar xodimlar hozircha aniq nima qo‘llanilayotganini tushunishmayapti. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainada lazer quroliga filtrlar, maxsus qurilmalar va ko‘zoynaklar yordamida qarshi kurashishadi.
Ukraina TIV rahbarining xulosa qilishicha, u vaziyatni xalqaro darajada ham muhokama qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik admiral Kerchen bo‘g‘ozi blokadasiga tayyor turishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025