Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga Daewoo Corporation’ning 182ta maxsus texnikasi olib kelinadi
Toshkent shahar aholisiga yanada qulaylik va yengillik yaratish maqsadida maxsus loyiha asosida tender o‘tkazildi. Ushbu tenderda Janubiy Koreyaning Posco-Daewoo Corporation kompaniyasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
Tender komissiyasining qarori bilan tanlovda g‘olib deb topilgan Daewoo Corporation kompaniyasi bilan shartnoma tuzishga ruxsat berilgan.
Birinchi partiyadagi texnika 2018 yilning 10 mayiga qadar poytaxtga kirib kelishi kutilmoqda. Barcha maxsus texnika joriy yilning iyulga qadar olib kelinishi rejalashtirilgan.
Jumladan:
12 m3 hajmdagi dukkakli yuk mashinalari – 70ta;
12 m3 hajmdagi dukkakli yuk mashinalari – 60ta;
4 m3 hajmdagi suyuq chiqindilarni tashuvchi mashina – 3ta;
10 m3 hajmdagi yoqilg‘i tashuvchi mashina – 4ta;
8 m3 hajmdagi ko‘chalarga suv sepadigan mashina – 4ta;
27 m3 hajmdagi konteynerlar tortuvchi mashina – 30ta;
20 m3 hajmdagi konteynerlar tortuvchi mashina – 11ta.
Texnikalarning umumiy soni 182tani tashkil qiladi.
Ushbu texnikalarning poytaxtga olib kelinishidan asosiy maqsad - shahardagi sanitar-epidemiologik holatni, ekologik muhitni yaxshilash.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025