Bugun El-klasiko. Barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purarlar
Ispaniya La-ligasining 36-tur doirasidagi markaziy uchrashuvda «Real» chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan «Barselona» uyiga safar uyushtiradi.
Futbol olamiga El-klasiko nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘yin bu safar natija borasida hech qanday masalaga oydinlik kiritmasada, azaliy qarama-qarshilikning doimiy prinsipialligi bois ham bu uchrashuv qiziqarli o‘tishi mumkin.
El-klasikolar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu ikki qarama-qarshilikning barcha davrlaridagi tarixida eng ko‘p golni «Barselona»ning amaldagi yetakchisi Lionel Messi kiritganiga guvoh bo‘lamiz. Messi shu kunga qadar 25 bor «Real» darvozasini ishg‘ol qilgan. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Alfredo Di Stefanoda esa 18ta gol mavjud. Krishtianu Ronaldu 17 gol bilan uchinchi bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.
Mavzuga oid
12:13 / 29.09.2024
«Palmer»da poker, «Barsa» 4 ta gol o‘tkazdi. Yevropada kun o‘yinlari
11:33 / 27.09.2024
«Barsa»da ajoyib start va katta muammo: ter Stegensiz qolgan jamoaning ahvoli qanday kechadi?
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024