Sudan Markaziy Afrika Respublikasidagi elchisini chaqirtirib oldi

Sudan /Foto: grandseashostmark
Sudan Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) poytaxtidagi elchixonasiga hujum sodir etilgani sababli bu davlatdagi elchisini ortga chaqirtib oldi. Bu haqda Sudan tashqi ishlar vazirligi saytida e'lon qilingan bayonotda aytilgan.
Bayonotda aytilishicha, 4 may kuni Sudanning Bangidagi elchisi qarorgohiga hujum sodir etilgan. Oqibatda elchixona qo‘riqchisi o‘qotar jarohatlardan halok bo‘lgan. MAR prezidenti va ichki ishlar vaziri Sudan elchisi bilan uchrashib, hukumat nomidan elchixona xodimi halok bo‘lgani munosabati bilan ta'ziya keltirishgan va jinoyatchilarni topib, ularni javobgarlikka tortish uchun barcha choralar ko‘rilishiga va'da berishgan.
Sudan Tribune portali ma'lumotlariga ko‘ra, elchixona qo‘riqchisi o‘g‘rilikning oldini olmoqchi bo‘lgan politsiyachilar tomonidan xato o‘ldirilgan.
Sudan hukumati ushbu holat yuzasidan MARning elchisiga rasmiy norozilik notasi topshirgan va jinoyatchilarni javobgarlikka tortish hamda o‘z elchixonasi va uning xodimlari himoyasini ta'minlashni talab qilgan.
Mavzuga oid

14:05 / 16.04.2025
Sudan: RSF muqobil hukumat tashkil etilishini e’lon qildi

14:56 / 14.03.2025
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi

16:45 / 26.02.2025
Sudanda harbiy samolyot halokatga uchradi. 40 dan ortiq inson halok bo‘ldi

14:44 / 08.01.2025