Jahon | 16:20 / 08.05.2018
4785
1 daqiqa o‘qiladi

Pashinyan Armanistondagi voqealarni «muhabbat inqilobi» deb atadi

Foto: © RIA Novosti

8 may kuni Armaniston bosh vaziri etib saylangan Nikol Pashinyan mamlakatda keyingi haftalarda ro‘y bergan voqealarni «muhabbat inqilobi» deb atadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Norozilik namoyishlarida eng faol qatnashganlar ayollar bo‘lishdi. Shu tufayli men buni «muhabbat inqilobi» deb atayman», deya qayd etgan Pashinyan.

Nikol Pashinyan bugun parlamentda 59 deputat ovozini olib, mamlakatning yangi bosh vaziriga aylandi. U aprel oyi davomida Armaniston poytaxti Yerevanda sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazirga aylanishiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ortidan hukumat tepasiga keldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid