Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimi: daraxtlarning ayovsiz kesib tashlanishiga uch kun ichida barham beriladi
Bir necha o‘n yillik sog‘lom va poytaxtga chiroy bag‘ishlab turgan daraxtlarning ayovsiz kesib tashlanayotganligiga keskin barham berish maqsadida, mas'ul boshqarma va tashkilotlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan qattiq ogohlantiriladi. Javobgarlikkacha tortish choralari ko‘riladi. Bu haqda KUN.UZ’ga Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar hokimi poytaxt aholisiga ushbu tartibsizliklarga uch kun ichida barham berilishi va bunday noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilishini shaxsan o‘zi nazoratga olishini bildirgan.
“Biror joyda daraxt kesilayotganda befarq bo‘lmagan shahrimiz aholisi buning oldini olish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ishonch telefoniga 277-75-43 yoki Ichki ishlar idoralariga 233-71-47, 233-49-46 qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raymiz! Bu bilan siz xalqimizga tegishli bo‘lgan boylikni talon-taroj qilinishini oldini olgan bo‘lasiz! Hurmatli hamshaharlar Toshkent shahar hokimligi sizlarni ushbu ishlarda faol bo‘lishingizni so‘raydi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025