Sport | 23:45 / 08.05.2018
12164
2 daqiqa o‘qiladi

Zinchenko APL kubogini tushirib yubordi, Ramos uni qayerda tuzatish mumkinligini aytdi

Angliya Premer-Ligasining 37-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» — «Haddersfild» (0:0) o‘yinidan so‘ng, «shaharliklar»ni chempionlik bilan qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Aleksandr Zinchenko bexosdan kubokni turtib yubordi va u yerga tushib ketgan edi. Yaxshiyamki, sovringa ziyon yetmadi va tashkilotchilar kubokni tezda joyiga qaytarib qo‘yishdi.

Keyinchalik, «Siti» futbolchisi Ilkay Gyundogan qulab tushayotgan kubok suratini tvitterga joylashtirib: «Sovrinlarni tuzatadigan joyni kim biladi? Do‘stim uchun so‘rayapman» - degan yozuvni qoldirdi.

Uning tvitiga «Real» sardori Serxio Ramos javob qaytardi.

«Bir ikkita joyni bilaman, ammo 2011 yildan beri ularga qo‘ng‘iroq qilmaganman. Sovrinlarni o‘sha yili tushirib boshlaganman, u paytlari bu hali odatga aylanmagan edi».

Ma'lumki, 2011 yilda «Real» Ispaniya Kubogi bilan usti ochiq avtobusda aylanayotganida, Ramos uni behosdan qo‘lidan tushirib yuborgan va sovrin avtobus g‘ildiraklari tagida qolgan edi.

Mavzuga oid