Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad Suriyani tiklash uchun qancha mablag‘ zarurligini aytdi
Suriya prezidenti Bashar Asad Gretsiyaning «Katimerini» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildiki, urushdan keyin mamlakatni tiklash uchun 200 milliard dollardan 400 milliard dollargacha bo‘lgan mablag‘ talab etiladi.
«Yuzlab milliardlar. Kamida 200 milliard dollar. Ba'zi prognozlarga ko‘ra esa 400 milliard dollar atrofida», degan Suriya prezidenti shu haqdagi savolga javoban.
«Nima uchun summaning aniq miqdori ma'lum emasmi? Chunki, ayrim tumanlar hamon terrorchilar qo‘lida qolmoqda... Men aytganim taxminiy hisob-kitoblar», deya qo‘shimcha qilgan u.
Shu bilan bir vaqtda, ko‘plab xorijiy mamlakatlar Suriyada siyosiy barqarorlikka erishilmaguniga qadar, moliyaviy yordam ajrata olmasliklarini ma'lum qilishgan.
Suriyada harbiy-siyosiy ziddiyatlar 2011 yildan buyon davom etib kelmoqda. O‘tgan yil yozida Suriyaning asosiy hududi IShIDdan ozod etilgandi, ayni vaqtda rasmiy hukumat boshqa muxolif guruhlarga qarshi kurashni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025