Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nimadir aniq yuz beradi». Tramp Eron bo‘yicha bayonot berdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Eron hukumati yadro qurolini yaratish bo‘yicha dasturni ishga tushirsa, jiddiy oqibatlarga duch keladi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.
«Men Eronga yadro dasturini ishga tushirmaslikni maslahat bergan bo‘lardim. Qat'iy maslahat beraman. Agarda ular bunga qarshi ish qilishsa, juda jiddiy oqibatlarga to‘qnash kelishadi», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron yangi yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, «nimadir aniq yuz beradi».
«Yoki biz butun dunyo uchun haqiqatdan ham yaxshi bo‘lgan bitimni imzolaymiz, yoki umuman hech qanday bitimni imzolamaymiz», - deya xulosa qilgan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy AQSh prezidenti Donald Trampni, u Eron bo‘yicha yadroviy bitimdan chiqish to‘g‘risidagi bayonoti vaqtida ko‘p marta yolg‘on gapirganligida ayblagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
20:49 / 15.05.2025