O‘zbekistonlik bloger «Yoshlar» telekanalini sudga bermoqchi
Yaqinda TROLL.UZ’da ko‘zi ojiz sayohatchi - Vladimir Vaskevich haqida video e'lon qildim, deb yozadi bloger Umid G‘ofurov Facebook’dagi o‘z sahifasida.
Keyinchalik «Ozodlik» vakili videodan foydalanishga ruxsat so‘radi. Men bunga e'tiroz bildirmadim. Ular mening logotipimni qoldirib, manba ko‘rsatdilar.
Endi esa «Yoshlar» telekanali ushbu videoni olib, mening logotipimni xira qilib qo‘ydi va hech qanday manba ko‘rsatmadi.
Bu televideniyeda mualliflik huquqini hurmat qilish haqida bilish kerak bo‘lgan narsa. Telekanaldagilar muallifga hattoki yozishmagan ham...
Men «Yoshlar» (Yoshlar tv) telekanalidan rasmiy uzr so‘ralishini talab qilaman, aks holda sudga beraman. Men bu videoni berishga qarshi emasman. Faqatgina O‘zbekistonda mualliflik huquqini hurmat qila boshlashlarini istayman, deya xulosa qilgan Umid G‘ofurov.
Mavzuga oid
16:48 / 14.10.2023
Bloger Olimjon Haydarov ishi yuzasidan tergov yakunlanib, ish sudga oshirildi
07:58 / 31.08.2022
«Yoshlar» telekanalida nima sababdan Ukraina bayrog‘i xiralashtirib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi
12:50 / 15.11.2021
Yoshlarni ish bilan ta'minlash muammosi: nima qilish zarur?
15:26 / 11.11.2021