Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
10 may kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashagan, X.N. o‘zining “Spark” rusumli avtomashinasini “Qo‘shrabot-Nurota” yo‘lining 25-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan kelayotgan B.M. boshqaruvidagi “Zaz” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada “Spark” avtomashinasi haydovchisi X.N. va yo‘lovchisi A.Q. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. Shuningdek, qolgan ikki yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025